Mandriva Linux

           O'rnatish Yo'l-Yo'riqlari - Mandriva Linux 2007

   Talab qilinadi
     * Pentium yoki unga mos protsessor
     * Kompakt-disk uskunasi
     * Kamida 32 Mb RAM, 64 Mb tavsiya qilinadi

   Mandriva Linuxni o'rnatish aksariyat hollarda O'rnatish diskini
   drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlash kabi oddiy vazifadir.
   1-usulga qarang.

   QAYD:

    * Agar Mandriva Linuxning 7.x, 8.x yoki 9.x
      versiyalarini yangilasangiz, eski sistemangizning
      ehtiyot nusxasini olib qo'yishni unutmang.
    * Eskiroq (7.0dan oldingi) versiyalarni yangilash MUMKIN
      EMAS. Bunday holda yangilash emas, sistemani boshidan
      qayta o'rnatishingiz lozim.

============================================================================

   Quyida Mandriva Linuxni o'rnatishning birnechta usullari berilgan:

    1. To'g'ridan-to'g'ri kompakt-disk yordamida boot qilish
    2. Windowsda tizimni yuklash disketi yaratish
    3. O'rnatishning boshqa usullari

============================================================================

  1. To'g'ridan-to'g'ri kompakt-disk yordamida boot qilish

   O'rnatish kompakt-diski bootabledir. Ko'pincha kompakt-diskni drayvga
   qo'yib, kompyuterni qayta boshlashning o'zi kifoya. Ekranda ko'rsatilgan
   yo'l-yo'riqlarga amal qiling: o'rnatishni boshlash uchun [Enter] klavishini
   bosing, yoki qo'shimcha yordam uchun [F1] ni bosing.

   QAYD:

   Ba'zi ko'chma kompyuterlarda sistema kompakt-diskdan boot qilmasligi mumkin.
   Shu hol ro'y bersa, ikkinchi kompakt-diskdan boot qilishga urinib ko'ring: u
   ham bootable, faqat "xavfsizroq" boot jarayoniga ega. So'ralganda
   kompakt-diskni o'zgartiring. Mabodo ikkinchi kompakt-disk ham boot
   qilmasa, tizimni yuklash disketi tayyorlashingiz kerak bo'ladi.
   Tafsilotlarini 2-usuldan o'qing.

============================================================================

  2. Windowsda tizimni yuklash disketi yaratish

   Agar kompyuteringiz kompakt-diskdan boot qilolmasa, quyidagi usulda
  Windowsda tizimni yuklash disketi yaratishingiz lozim:

    * Kompakt-diskni qo'ying, keyin "My Computer" ikonini
      oching va kompakt-disk drayv ikoniga o'ng-kliklab, "Open"
      ni tanlang
    * "dosutils" katalogiga boring va
      "rawwritewin" ikoniga ikki-kliklang
    * floppi drayviga bo'sh disketi qo'ying
    * "Image File" fieldida
      "D:\images\cdrom.img" faylini tanlang
      (kompakt-disk drayvingiz "D:" bo'lsa shu fayl tanlanadi,
      aks holda "D:" o'rniga kerakli harfni yozing)
    * "Floppy Drive" fieldida "A:"ni tanlab,
      "Write"ni kliklang.

   O'rnatishni boshlash uchun:

    * kompakt-diskni drayvga, tizimni yuklash disketini ham
      o'z drayviga qo'ying, keyin
    * kompyuterni qayta boshlang.

============================================================================

  3. O'rnatishning boshqa usullari

   Mabodo ma'lum sabablarga ko'ra yuqorida keltirilgan usullar
   sizga to'g'ri kelmasa (tarmoq yoki pkmkia qurilmadan o'rnatmoqchi
   bo'lsangiz, yoki...), tizimni yuklash disketi yaratishingiz lozim:

    * Linux (yoki boshqa zamonaviy UNIX sistemasida) promptda yozing:
      $ dd if=xxxxx.img of=/dev/fd0
    * Windowsda 2-usulda yozilgandek yarating, faqat
      cdrom.img o'rniga xxxxx.img (pastroqqa qarang) ishlating.
    * DOSda, kompakt-disk drayvingiz D: deb olsak, bunday yozasiz:
      D:\> dosutils\rawrite.exe -f install\images\xxxxx.img -d A

   buyerda "xxxxx.img" quyidagi imagelardan biridir:

  +-----------------+------------------------------------------------------+
  | cdrom.img       | kompakt-diskdan o'rnatish                            |
  +-----------------+------------------------------------------------------+
  | hd_grub.img     | hard-diskdan o'rnatish (Linux, Windows, yoki         |
  |                 | ReiserFS fayl sistemasida)                           |
  |                 | you can configure it for your system at:             |
  |                 | http://qa.mandriva.com/hd_grub.cgi               |
  +-----------------+------------------------------------------------------+
  | network.img     | ftp/nfs/http dan o'rnatish                           |
  |                 | NOTE: you will need to insert network_drivers.img    |
  |                 | in your floppy drive when prompted                   |
  +-----------------+------------------------------------------------------+
  | pcmcia.img      | pcmcia qurilmalardan o'rnatish (ogoh bo'lingki,      |
  |                 | ko'pchilik pcmcia tarmoq adapterlari endi            |
  |                 | to'g'ridan-to'g'ri network.img fayli                 |
  |                 | tomonidan qo'llab-quvvatlanadi)                      |
  +-----------------+------------------------------------------------------+

   You may also burn boot.iso on a CDROM and boot from it. It supports
   all installations methods, cdrom, network, and hard-disk.

============================================================================

   Agar biron sababga ko'ra odatiy grafik usulda o'rnatishda muammo
   paydo bo'lsa, matnli usulga o'tish mumkin. Buning uchun
   Mandriva Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda
   text deb yozing.

   Agar mavjud Mandriva Linux sistemangizni qutqarish kerak bo'lsa,
   O'rnatish kompakt-diski (yoki tegishli floppini) qo'yib, Mandriva Linux
   birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda rescue deb yozing.

   Qo'shimcha texnik ma'lumot uchun buyerni ko'ring:
   http://www.mandrivalinux.com/drakx/README

============================================================================

  O'rnatishning asosiy bosqichlari quyidagilar:

   1. O'rnatish kompakt-diskini (yoki lozim bo'lsa O'rnatish disketini)
      drayvga qo'ying va kompyuteringizni qayta boshlang.
   2. Mandriva Linux birinchi ekrani paydo bo'lganda [Enter] ni
      bosing va diqqat bilan yo'l-yo'riqlarga amal qiling.
   3. O'rnatish tugallangach kompakt-disk chiqariladi, uni oling (boshqa
      disketlar drayvda bo'lsa ularni ham); kompyuteringiz qayta
      boshlanadi. Agar bunday qilgisi kelmasa, uni o'zingiz qiling.
   4. Mandriva Linux boshlanadi. Sistema paydo bo'lgach, o'rnatish
      vaqtida qo'yganingiz yuzer sifatida, yoki root
      sifatida kompyuterga login qiling.

   Muhim qayd:

   "root" sizga Linuxda cheklanmagan huquqni beradi.
   Undan Linuxni sozlash yoki tuzatish uchungina foydalaning.
   Har kungi foydalanish uchun normal yuzer akkountidan foydalaning,
   uni "userdrake" asbobi yoki "adduser" va "passwd" buyruqlari
   yordamida sozlash mumkin.

                     Mandriva Linux bilan ishlashda omad tilaymiz!

============================================================================

   Qo'shimcha yordam uchun quyidagilarni ko'zdan kechiring:

    * E-Yordam http://www.mandrivaexpert.com/
    * Mandriva Linux Xato-Tuzatishlar 
      http://www.mandrivalinux.com/en/errata.php3
    * Mandriva Linux Xavfsizlik Maslahatlari 
      http://www.mandriva.com/security/advisories/
    * Onlayn Dokumentatsiya http://www.mandrivalinux.com/en/fdoc.php3
    * Mandrivaklubining Onlayn Bahs Forumlarini o'qing va ishtirok eting: 
      http://club.mandriva.com
    * Mailing Listlar 
      http://www.mandrivalinux.com/en/flists.php3
    * Oson Izlanadigan Mailing List arxivlari 
      http://marc.theaimsgroup.com/
    * Internetdan Google yordamida izlash 
      http://www.google.com/linux
    * Usenet Groupsdan Google Groups yordamida izlash 
      http://groups.google.com/groups?group=comp

============================================================================